Kompaniya haqida

ERIELL Well Solutions Respublikamizning turli hududlarida geologik-qidiruv, gidrogeologik va burg‘ulash-portlatish ishlari sohasida xizmatlar ko‘rsatadi.

Biz o‘zimizning professionallik, yuqori darajadagi ekspertiza va mijozlarimiz bilan ishonchli munosabatlarimiz bilan faxrlanamiz. Veb-saytimizda kompaniyamiz xizmatlari, tajribasi va biz muvaffaqiyatli amalga oshirgan va davom etayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot topishingiz mumkin.

Doimiy ravishda takomillashish izlanishida biz o‘z faoliyatimizni jadal rivojlantirib, texnologiyalar va ish usullarini yaxshilab, eng optimal natijalarga erishishni maqsad qilganmiz.

«Birgalikda biz bugungi kundan ilhomlanib, kelajakni yaratamiz. Bizning jamoamiz muvaffaqiyatimiz kalitidir va men ularni yangi marralar sari yetaklaganimdan faxrlanaman». 

 

Murod Asliddinovich Kaziyev, 

ERIELL Well Solutions Bosh direktori.

Bizning afzalliklarimiz

Innovatsion texnologiyalar va uskunalar

Biz innovatsiyalarga sarmoya kiritamiz, ilg‘or texnologiyalar va uskunalardan foydalanamiz, bu esa ish samaradorligini oshiradi va geologik tadqiqotlarning aniq natijalarini ta’minlaydi.

Mijozlarga yo'naltirilgan yondashuv


Mijozlarga ularning ehtiyojlari va konlarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kompleks yechimlar taqdim etish.

Chuqur ekspertiza



Geologik tuzilmalarni o'rganish bo'yicha yuqori darajali ekspertiza yer osti suv resurslarining joylashuvini va quduqlarni burg'ulash uchun optimal nuqtalarni to’g’ri aniqlash imkonini beradi.

;

Burchimiz

Bizning burchimiz sizning geologik va geotexnik maqsadlaringizga erishish uchun innovatsion va samarali yechimlarni taqdim etishdir.

Biz doimo sanoat va ekologik xavfsizlik ustida ishlaymiz xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlaymiz.

Bizning konsepsiyamiz:

xavfsiz xulq-atvorda yetakchi bo'lish;

xatarlarni aniqlab ularni proaktiv tarzda bartaraf etish;

ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini muhofoza qilish;

xodimlarni xavfsiz ishlashga o'rgatish;

xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash;