ERIELL Well Solutions (EWS) kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan turli loyihalar doirasida burg‘ilash-portlatish ishlarining (BPI) yuqori sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash uchun zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etishda davom etmoqda.
Maksimal samaradorlikka erishish uchun KAISHAN KT-9C burg‘ilash uskunalari chuqur zarbli (DTH) burg‘ilash koronkalar bilan jihozlangan. Ushbu uskunalar burg‘ilash sifatini sezilarli darajada oshirishga va jinslarni maydalash samaradorligini yaxshilashga imkon beradi hamda eng qisqa vaqt ichida optimal natijalarga erishishni ta’minlaydi.
EWS tomonidan qo‘llanilayotgan burg‘ilash koronkalarining asosiy afzalliklari:
Burg‘ilash jarayonining yuqori tezligi;
Ajoyib chidamlilik va uzoq xizmat muddati, maxsus metall qotishmasi tarkibiga ega ekanligi sababli;
Oson almashtirish imkoniyati, texnik xizmat ko‘rsatish vaqtini kamaytiradi.
Zamonaviy burg‘ilash koronkalarini ishlab chiqarish texnologiyalari xavfsiz va tezkor burg‘ilash jarayonlarini ta’minlaydi hamda kompaniyaning strategik maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynaydi.
EWS faoliyatiga ilg‘or uskunalarni joriy etish nafaqat ish sifatini yaxshilaydi, balki bajarilish muddatini sezilarli darajada qisqartirib, loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga va kompaniyaning bozor pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
ERIELL Well Solutions innovatsion rivojlanish tamoyillariga sodiq qolgan holda, eng yaxshi texnologiyalar, materiallar va uskunalardan foydalanishda davom etmoqda.