ERIELL Well Solutions parkida 60 ta XCMG XDY-2000 burg‘ilash qurilmasi: burg‘ilash sohasida yangi bosqich

ERIELL Well Solutions parkida 60 ta XCMG XDY-2000 burg‘ilash qurilmasi: burg‘ilash sohasida yangi bosqich

ERIELL Well Solutions kompaniyasi burg‘ilash sohasidagi texnik salohiyatini kengaytirishda davom etmoqda. Bugungi kunda kompaniya parkida 60 ta zamonaviy XCMG XDY-2000 gidravlik kolonkali burg‘ilash qurilmalari mavjud bo‘lib, ular “Yangi O‘zbekiston” va “Tebinbulak” konlarida samarali faoliyat yuritmoqda.

"Yangi O‘zbekiston" konida ushbu qurilmalar ekspluatatsion burg‘ilash ishlariga jalb etilgan bo‘lsa, "Tebinbulak" konida esa ular geologik-qidiruv burg‘ilash ishlarini olib bormoqda.

XCMG XDY-2000 – ko‘p funksiyali va ishonchli yechim

XCMG XDY-2000 qurilmasi — bu zamonaviy, modul konstruktsiyaga ega bo‘lgan, olmosli kolonkali burg‘ilash texnologiyasi asosida ishlovchi maxsus uskunadir. Qurilma gorizontal va vertikal qatlamlarda burg‘ilash uchun moslashtirilgan bo‘lib, g‘ovak, zich va qattiq jinslarda 2000 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda 121 mm diametrli quduqlarni ochish imkonini beradi.

Uskuna o‘rnatish va tashish uchun qulay, foydalanishda esa soddaligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, kerna olish tizimi burg‘ilash ishlarining unumdorligini oshiradi va ishchi mehnatini kamaytiradi.

Keng qo‘llanilish sohasi

Mazkur qurilmalar geologiya, kimyo, qurilish, ko‘mir sanoati hamda atom energetikasi kabi strategik sohalarda keng qo‘llaniladi. ERIELL Well Solutions tomonidan ularning faol ekspluatatsiyasi — bu kompaniyaning ishonchli, zamonaviy va ekologik toza yechimlar sari intilayotganining yorqin isbotidir.