CONDOR ENERGY DEVELOPMENT bilan samarali hamkorlik yili

ERIELL Well Solutions bir yildan beri ishonchli hamkori — CONDOR ENERGY DEVELOPMENT kompaniyasi uchun quduq geofizikasi tadqiqotlari (QGT) va teshish-portlatish ishlari (TPI) muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Ushbu davrda bizning mutaxassislar quyidagi asosiy konlarda muhim loyihalarni amalga oshirdilar:
📍 Tayloq
📍 Shimoliy Suzma
📍 Andakli
📍 Sho‘rqum
📍 Qumli

Perforatsiya umumiy hajmi 700 metrdan oshdi, bu esa jamoaning uyg‘un ishlashi, yuqori darajadagi tajribasi va o‘zaro ishonchli munosabatlarning samarali natijasidir.

CONDOR ENERGY DEVELOPMENT kompaniyasiga bildirgan ishonchi va samarali hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusida ham muvaffaqiyatli loyihalarni birga amalga oshiramiz, degan umiddamiz.