Joriy yilning yanvar oyidan boshlab, yirik xalqaro operator buyurtmasi asosida suv olish quduqlarida keng qamrovli burg‘ilash ishlari amalga oshirilmoqda.
📍Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani
— Yulduzkak-21 (160 m, soatiga 30 m³)
— Yulduzkak-52 (160 m, soatiga 18 m³)
— Yulduzkak-22 (160 m, soatiga 16 m³)
📍Samarqand viloyati, Samarqand tumani
— Jumael-12 (85 m, soatiga 5 m³)
— Xidir-2 (101 m, soatiga 7 m³)
— Jumael-13 (102 m, soatiga 18 m³)
📍Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani
— Chordarboza-4 (114 m, soatiga 20 m³)
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
— Qizil Shali-3 (160 m, soatiga 6 m³)
— Qiziljar-1 (400 m, soatiga 10 m³)
🔹 Burg‘ilash suyuqliklarini tayyorlash uchun uzluksiz suv ta’minoti, har bir quduq uchun kunlik ehtiyoj 10–30 m³ gacha.
🔹 Logistika xarajatlari kamaydi — suvni tashishga ehtiyoj yo‘q.
🔹 Suv sifati texnologik va geologik talablarga javob beradi.
🔹 Atrof-muhit va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilinmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar va malakali mutaxassislar jamoasi yirik hududiy loyihalarni samarali qo‘llab-quvvatlash imkonini bermoqda.